2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Elektron hukumat


1.    Chakana to’lovlarni real vaqt rejimida amalag oshirish klirinig tizimi.

Kliring tizimi jismoniy shaxslar, soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha tadbirkorlik sub’yektlari uchun to’lovlarni, shuningdek xizmat ko’rsatuvchi provaydelarni, onlayn to’lovlar, banklar uchun chakana to’lovlar va komissiyasiz bank to’lovlarini bajaradigan markazlashgan tizimini yaratishga imkoniyat berdi.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2013-yil III chorak – 2014-yil I chorak.

 

2.    «Xarid»  Axborot tizimlari kompleksi.

«Xarid» axborot tizimi maqsadi tadbirkorlik sub’yektlarini davlat va korporativ xaridlariga jalb etish uchun, raqobatni rivojlantirish, davlat va kopororativ buyurtmalarni amalga oshirishda oshkoralikni ta’minlash va tovar (xizmatlar) narxlarini optimallashtirish yo’li bilan moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda qulay sharoitlar yaartadi.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2014-yil I chorak – 2016-yil I chorak.

 

3.    «Bojxona»  Axborot tizimlari kompleksi.

Mazkur tizimning maqsadi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilar uchun bojxona rasmiylashtirish jarayonlarining vaqtini qisqartirish, tadbirkolar uchun O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari yordamida yuklarni olib o’tish haqida ma’lumotlarni olish, reimport bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza va Jismoniy shaxslar tomonidan davlat chegarasini avtotransport vositalarida kesib o’tilishi to’g’risida Davlat bojxona xizmati organlariga oldindan ma’lumot taqdim etish imkoniyatlarni yaaratidi

Tizimni amalga oshirish muddati: 2014-yil II chorak – 2016-yil II chorak.

 

4.    «Ta’lim» axborot tizimlari kompleksi.

 

Ushbu tizim aholiga milliy va xalqaro standartlar javob beradigan va axborot jamiyati hayotiga moslashish va shu asosda shaxsni shakillanishi uchun zamonaviy talablar darajasida sifatli ta’lim xizmatlarni olish uchun barcha imkoniyatal yaratadi.

 

Tizimni amalga oshirish muddati: 2016-yil I chorak – 2020-yil I chorak.

 

5.    «Nafaqa»  Axborot tizimlari kompleksi.

«Nafaqa» Axborot tizimlari kompleksi keksa kishilar uchun pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlashning, ma’lumotnomalar va tasdiqlovchi hujjatlarni qog’oz shaklida olishni istisno etuvchi, shuningdek pensiyalar va nafaqalar to’lashga mablag’larni o’z vaqtida moliyalashtirishni, to’lov xujjatlarni shakllantirish ularning turlariga ko’ra buxgalteriya, pensiya va nafaqalarni moliyalashtirish monitoringini olib borish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadi.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2015-yil I chorak – 2017-yil IV chorak.

 

6.    «Soliq» axborot tizimlari kompleksi.

 «Soliq» axborot tizimlari kompleksi soliq organlari tomonidan aholi va tadbirkor sub’yektlariga ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarini, sifatini va ochiqligini oshirishga, belgilangan tartibni soddalashtirishga va ularni yetkazib berish vaqtini qisqartirish shu bilan birga soliq organlari faoliyati to’g’risidagi axborotni oshkoraligini va foydalanishni kuchaytirish jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatini yaratib beradi.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2014-yil II chorak – 2016-yil II chorak.

 

7.    “Sog’liqni saqlash sohasida interaktiv xizmatlar ko’rsatish uchun “Sog’liqni saqlash” axborot tizimlari kompleksi.

Mazkur tizim aholi uchun xizmtalar sifatini yaxshilashga, bemor va aholi uchun yo’naltirilgan barcha tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va foydalanishda qulaylik yaratish uchun imkoniyat yaratib beradi.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2015-yil III chorak – 2020-yil III chorak.

 

8.    «Davlat boshqaruvi» kompleks axborot tizimi.

«Davlat boshqaruvi» kompleks axborot tizimining asosiy maqsadlaridan biri  davlat organlarini statistik ma’lumotlarning ishonchli dalillar asosida  o’z vaqtida va to’liq sarlavhalar bilan ta’minlab berish.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2018-yil IV chorak – 2020-yil III chorak.

 

9.    «Kommunal» kompleks axborot tizimi.

«Kommunal» kompleks axborot tizimining asosiy maqsadlaridan biri  Davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, oshkoraligi va samaradorligini oshirish, kommunal xizmatlari uchun aholining qarzlarini qisqartirish, iste’molchilarga axborot xizmatlarini yaxshilash va aholiga xizmatlar ko’rsatish uchun davlat xizmatlari xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlarini yaratib berishdir.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2016-yil I chorak – 2020-yil III chorak.

 

10.  «Budjet» Axborot tizimlari kompleksi.

 «Budjet» Axborot tizimlari kompleksi budjet jarayonlari bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi  tomonidan ishlab chiqilgan yagona metodolgiyasi bo’yicha  budjet korxonalarning ma’lumotlarini saqlash va ishlov berish imkoniyatini yaratadi.

 Tizimni amalga oshirish muddati: 2014-yil III chorak – 2016-yil III chorak.

 

11.  «Adliya-2» axborot tizimi.

 «Adliya-2» axborot tizimi sudlar va ularning qarorlari, notariat faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlarni, sud qarorlari ijrosi shuningdek axborot faoliyati to’g’rsidagi axborotni saqlash fuqarolarning davolari qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi O’zbekiston Respublikasining sudlarining ish jarayonini avtomatlashtirish uchun mo’ljalangan.

 Tizimni amalga oshirish muddati: 2017-yil IV chorak – 2020-yil II chorak.

 

12.  «Litsenziya va ruxsat beruvchi jarayonlar» Kompleks axborot tizimi.

 Mazkur  axborot tizimi litsenzyalarni ro’yhatga olish organlarining axborot-texnologik ta’minotining sifatini oshirish  va litsenziyalarni berish va ro’yxatdan o’tkazish jarayonlarini elektron ko’rinishga o’tkazishni ta’minlaydi.

 Tizimni amalga oshirish muddati: 2014-yil II chorak – 2016-yil II chorak.

 


Возврат к списку