2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Elektron hukumat


Jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasi

Jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasi huquqiy, jismoniy va unga tenglashtirilgan shaxslarning yagona va universal identefikatsiyalash, yuridik va jismoniy shaxslar haqida asosiy ma’lumotlarni saqlash, tegishli tarmoq reyestlarini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2014-yil I chorak – 2016-yil II chorak.   

 

Avtotransport vositalarini ro’yxatga olish va hisobini yuritish bo’yicha yagona ma’lumotlar bazasi

Avtotransport vositalarini ro’yxatga olish va hisobini yuritish bo’yicha yagona ma’lumotlar bazasi yo’l harakat xavfsizligi boshqarmasining transport vositalalrini ro’yxatga olish va xisobini yuritish uchun markazlshgan ma’lumotlar bazasi. Mazkur baza ro’yxatga olingan transport vosita xujjatlarini, davlat raqamlari bo’yicha va majburiy texnik ko’rik hisobini yuritish imkonini beradi.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2014-yil II chorak – 2016-yil II chorak.

 

O’zbekiston respublikasining Milliy geografik axborot tizimi

O’zbekiston respublikasining Milliy geografik axborot tizimi tabiiy va iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish, muammolarini hal qilishda maksimal samaradorlikka erishish, qaror qabul qilish, axborot asosi sifatida bir necha foydalanuvchilarga fazoviy ma’lumotlarni tez taqdimot uchun mo’ljallangan shu bilan bir qatorda madaniy va ijtimoiy atrof-muhitni iqtisodiy boshqarishda mo’ljallangan.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2013-yil IV chorak – 2017-yil II chorak.

 

Ko’chmas mulk bo’yicha ma’lumotlar bazasi

Ushbu tizim kadastr hisobini yuritish ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatiga olish va manfaatdor foydalanuvchilarga axborot tegishli ma’lumotlarni interaktiv davlat xizmati shaklida operativ tarzda yetkazish maqsadida ko’chmas mulk ob’yektlari to’g’risida ma’lumotlarni yaratish, yangilash ro’yxatga olish uchun mo’ljanlangan ma’lumotlar bazasi.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2017-yil – 2020-yil.

 

Ma’lumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish

Mazkur ma’lumotlar bazasi “Elektron hukumat” tizimi doirasida  yaratilgan axborot tizimlarining integratsiyalashda qo’llash uchun amalga oshirilmoqda.

Tizimni amalga oshirish muddati: 2014-yil II chorak – 2016-yil II chorak.

 


Возврат к списку