05.01.2015
Yagona portalda Davlat Bojxona qo‘mitasining "Yuklarni chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) bo’yicha vaqtinchalik ruxsatnoma olish uchun elektron ariza yuborish" va “Reeksportga mo’ljallangan yuklarni joylashtirish bo’yicha Bojxona ruxsatnomasini olish uchun elektron ariza yuborish” interaktiv xizmatlari joriy etildi.
Mazkur interaktiv xizmatlar orqali Yagona portaldan ro‘yxatdan o‘tgan, maxsulotlarini eksport-import qilish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari onlayn so‘rovnomani to‘ldirish, zaruriy hujjatlarni elektron shaklda ilova qilish orqali, Elektron raqamli imzolaridan foydalangan xolda yuklarini vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) xamda bojxona reeksport rejimida joylashtirish ruxsatnomasini olish uchun elektron ariza yo‘llashlari mumkin.
Mazkur xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi PQ-2164 sonli «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori ijrosini ta’minlash doirasida joriy etildi.