2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali dori vositalarini topish mumkin


24.03.2015 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Dori-Darmon” aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi – “Dori-Darmon” AK dorixonalari tarmog’ida dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning mavjudligi haqida ma’lumot olish va qidirish” interaktiv xizmati ishga tushirildi.

Ushbu yangi xizmat mijozga kerakli dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning “Dori-Darmon” AK dorixonalari tarmoqlarida mavjudligi, ularning narxi, shuningdek Respublikaning barcha hududlaridagi “Dori-Darmon” AK dorixonalari tarmoqlarining manzillari to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi.

Bu xizmat barchaga yana bir qulaylik yaratib, keksa kishilar uchun ham kerakli bo’lgan dоri vоsitаlаrini oson va tez topish imkonini beradi.

Quyida keltirilgan ma’lumotlar har bir murojaat etuvchi shaxsga taqdim etiladi:

-dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning mavjudligi to’g’risida ma’lumot;

-dоri vоsitаlаri vа tibbiy аshyolаrning narxi to’g’risida ma’lumot;

-dorixonalarning va/yoki dorixona filiallari manzili to’g’risida ma’lumot;

-dorixonalarning va/yoki dorixona filiallarining tartib raqami tog’risida ma’lumot.

Возврат к списку