2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Yagona Portal yordamida nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish xizmati ishga tushdi


07.07.2015 Yagona portalda nodavlat ta'lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish uchun onlayn ariza yuborish yangi xizmati ishga tushirildi.

Barcha zarur hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. Xizmat natijasi bo'lib litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi qaror hisoblanadi.

Ushbu davlat xizmati pullik hisoblanib, faqatgina yuridik shaxslarga taqdim etiladi.

Возврат к списку