2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Yagona portalda "Elektron hukumat" o'quv markazining yangi xizmati ishga tushdi


09.07.2015 Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi «Elektron hukumat» o'quv markazi tomonidan Yagona portal orqali davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari xodimlari uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malaka oshirish kurslariga talabnomalarni rasmiylashtirish hamda tegishli shartnomani olish imkoniyatini beruvchi yangi xizmati ishga tushirildi.

TATU qoshidagi "Elektron hukumat" o‘quv markazi 2014 yilda AKT samaradorligini oshirishda turli soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirib borish maqsadda tashkil qilindi. Bu yerda davlat xo‘jaligi va boshqaruvi, mahalliy boshqaruv organlarining xodimlari va rahbarlari o‘qitilmoqda. Bugungi kunga qadar 17 ming 200 dan ziyod mutaxassislar mazkur markazda malakasini oshirgan.

Возврат к списку