2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Parlament quyi palatasi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Elektron hukumat to‘g‘risida"gi Qonunining loyihasi ma’qullandi


20.11.2015 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 18 noyabrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Parlament quyi palatasi a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Elektron hukumat to‘g‘risida"gi Qonunining loyihasi ma’qullandi.

Qonun loyihasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va jamiyat boshqaruvida keng joriy qilish, fuqarolarga "yagona oyna" tizimi orqali onlayn xizmatlarning ko‘rsatilishini muvofiqlashtirish evaziga turmush tarzini yaxshilash, boshqaruv jarayoni bilan bog‘liq ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish kabi masalalarni qamrab olgan.

Mazkur Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida Janubiy Koreyaning "Elektron hukumat to‘g‘risida"gi Qonuni, shuningdek Rossiya federatsiyasi, Belorussiya, Bolgariya, AQSh kabi mamlakatlarning bu yo‘nalishdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlari yaqindan o‘rganib chiqilgan.

Qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etiladi.

Возврат к списку