2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va «elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g


21.12.2015 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17 dekabr kuni jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborotning yagona markazlashtirilgan manbaini shakllantirish, shuningdek davlat xizmatlarini ko‘rsatishda va idoralararo elektron hamkorlik qilishda “Elektron hukumat” tizimining foydalanuvchilarini haqiqiy identifikatsiyalashni ta’minlash maqsadida,  “Jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989-son qarori ijrosi yuzasidan qabul qilingan. Qaror asosida tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, dolzarblashtirish, yuritish va ulardan foydalanish tartibini belgilab bergan.

Qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan hamkorlikda “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini (keyingi o‘rinlarda markaziy ma’lumotlar bazalari deb yuritiladi) shakllantirish va yuritish jadvalini tasdiqlaydilar. Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tuzilmalarida «Elektron hukumat» tizimining markaziy ma’lumotlar bazalarini va tizimdan foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimini texnik qo‘llab-quvvatlash va ularning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha guruhlar tashkil etiladi.

Qarorda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar axborot tizimlarining markaziy ma’lumotlar bazalari va identifikatsiyalashning yagona tizimi bilan integratsiyalashuviga qo‘yiladigan texnik talablarni, axborot tizimlarida jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlarini joriy qilish hamda ularning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuviga doir chora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, 2013 — 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasiga kiritishlari belgilab qo‘yilgan.

Возврат к списку