2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasi
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirishni muvofiqlashtirish
bo’yicha Respublika Komissiyasi

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari mutaxassislari AKTni tashkilot faoliyatiga samarali joriy etish boʻyicha oʻqitildi


05.03.2016

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi joriy yilning 1-4 mart kunlari barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari vakillari uchunqator seminarlar oʻtkazdi.

Seminarda AKTni tashkilot faoliyatiga joriy etish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, rasmiy veb-saytlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi, interaktiv davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish yoʻllari, elektron xizmatlarni joriy etish, elektron hujjat aylanishi tizimlarini ishlatish samaradorligi va tashkilotda ishonch telefonini tashkil etish, shuningdek AKTni joriy etish samaradorligini baholash metodikasi muhokama qilindi.

Seminarda tashkilotlarning mutaxassislari o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Ushbu seminarlar natijasida tashkilotlar tomonidan AKTni joriy etish samaradorigini baholashda olinadigan yakuniy reyting natijalarining oʻsishiga erishish lozim.


Возврат к списку